
Rio Olimpiadasi chempionida koronavirus aniqlandi
Rio Olimpiadasi chempioni rossiyalik bokschi Evgeniy Tishchenkodan koronavirus topildi. Bu haqida Mash Telegram-kanali xabar bermoqda.
Tishchenko shifokorlardan yordam so‘rab murojaat qiladi. Ular barcha kerakli testlarni olishadi. Afsuski, bu ijobiy natija beradi. Endi, jahon va Olimpiada chempioni uy karantinida shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi. Rossiyalik bokschi engil shakldagi COVID-19ga chalingan.
28 yoshli Tishchenko - Olimpiya chempioni (2016), jahon chempioni (2015), Evropa chempioni (2015, 2017), Butnjahon Universiadasi chempioni (2013), Jahon kubogining kumush medali sohibi (2013). Professional boksda ettita jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar