Rivaldo: Messi Maradonna kabi afsona emas

  • 09.06.2018 15:51
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

“Bunyodkor” va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rivaldo Argentina termasi xujumchisi Messining jahon chempionatidagi imkoniyatlariga o‘z fikrini bildirdi.

- Messi “Barselona”dagi faoliyati hamda futbolga qo‘shgan hissasini hisobga olsak uni afsona desa bo‘ladi. Biroq, Argentinada afsonaviy futbolchi deb jahon chempioni bo‘lgan Maradonnani bilishadi.

Terma jamoa muxlislariga futbolchi klub doirasida nimalarga erishgani hech qanday ahamiyati yo‘q. Xabaringiz bor, Leo klubdagi faoliyati davomida ko‘p turnirlarda g‘alaba qozongan, “Barsa” muxlislari uchun bu muhimdir. Ammo Argentina muxlislariga Messi JChda g‘alaba qozonishi darkor. Bu futbolda eng muhim musobaqadir.

O‘ylashimcha, mundialda g‘alaba qozonmasdan Messi Maradonna kabi buyuk futbolchiga aylanishi mushkul.

Leonel klub va mamlakat uchun ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Bugungi kunga kelib u ajoyib futbol namoish etmoqda. Umid qilamanki, Messi Argentina terma jamoasini finalga olib chiqadi, bu uning oxirgi imkoniyati bo‘lishi mumkin, - deya Rivaldoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!