"Rizespor" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Aliqulov to‘liq o‘ynadi

  • 12 dekabr, 2023, 00:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "Ankaraguju" - "Rizespor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar durangga imzo chekdi. 

Tecno

Dastlab, Morutan mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng Ali 51-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 90+5 daqiqada esa mehmonlar tarkibidan Emir o‘yindan chetlatildi, oradan ko‘p o‘tmay Gaych imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 

Aliqulov ushbu bahsda to‘liq harakat qilib, yaxshi o‘yin o‘tkazdi. U 5 marta havodagi duelda ustun keldi. Shuningdek, paslari aniqligi 87 foizni tashkil qildi. "Sofa Score" himoyachining harakatlarini 6,9 ballga loyiq ko‘rdi. 

Shu tariqa, "Rizespor" turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!