Robert Levandovski "Barselona"da qoladi(mi)?
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Rokhera Torelyo xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, polshalik futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Ma'lum bo‘lishicha, hujumchi maoshini kamaytirishga rozi bo‘lgan va yangi bitim imzolashga tayyorligini bildirgan. Biroq, "ko‘k-anorranglilar" oldin unga taklif qiladigan shartlar bilan tanishib chiqmoqchi.
Ma'lumot uchun, 37 yoshli forvard 2022 yildan beri ispan grandi safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 185 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 118 ta gol va 23 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar