
Robert Uittaker 2025 yilning yozigacha jang o‘tkaza olmaydi
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker Xamzat Chimaevdan engilgach 2025 yilning iyuniga qadar janglarda qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda avstraliyalikning murabbiyi Aleks Prates aytib o‘tdi.
“Robert Xamzat bilan jangdan so‘ng tishiga oltita yangi implant qo‘ydirdi va mashg‘ulotlarni boshladi. Ammo hozirda sparring sheriksiz o‘tkazmoqda. Ko‘proq muay-tay va kardio bilan shug‘ullanyapti. Menimcha, uni kelasi yilning iyun oyigacha oktagonda ko‘rmaymiz", – dedi Prates.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" da Uitteker birinchi raunddayoq Chimaevdan sabmishn evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar