Robert Uittaker tishlarini butunlay olib tashladi!

  • 23 yanvar, 15:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni Robert Uittaker chechenistonlik Xamzat Chimaev bilan jangda anchagina qiyin ahvolga tushib qolgandi. O‘shanda avstraliyalik sportchining pastki old tishlarining bir qismi siljib ketgan. Bugunga kelib esa Uittaker jarohatdan deyarli tiklanganini xabar qildi.

Tecno

“Qayta tiklanish hamma kutganidan ham tezroq kechdi. Rosti, bu tishlardan charchagan edim. Shu bois ulardan butunlay xalos bo‘ldim va o‘rniga implantlar qo‘ydirdim. Ayni paytdda hammasi joyida. To‘rt haftadan keyin mashg‘ulotlarga qaytaman” -  dedi Uittaker Ariel Xelvanining podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Uittaker birinchi raunddayoq Chimaevdan sabmishn evaziga mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!