Robert Uittaker UFC sobiq chempioni bilan jang qilmoqchi
Avstraliyalik MMA ustasi Robert Uittaker navbatdagi jangini 2026 yil fevral oyida Sidneyda o‘tkazmoqchi.
“Men Sidneyda oktagonga chiqishni istayman. Raqib sifatida Shon Striklendni ko‘ryapman. Bu jang meni anchadan beri qiziqtirib keladi va bu haqiqiy shou bo‘lishiga ishonaman. Biroq amerikalikning Avstraliyaga kelishiga ishonchim komil emas”, — deya avstraliyalikning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Uittaker "UFC on ABC 9" turnirida niderlandiyalik Rene de Ridderdan mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar