
Roberto ketganidan so‘ng "Barselona"ning yangi sardori nomi ma’lum
Roberto ketganidan keyin Ter Shtegen "Barselona" sardori bo‘ladi.
Mark-Andre Ter Shtegen 2024/25 yilgi mavsumda "Barselona" sardori bo‘ladi.
"Marca" xabariga ko‘ra, Serxi Roberto ketganidan keyin sardorlik bog‘ichi germaniyalik darvozabonga o‘tadi. Dushanba kuni u yangi maqomga ega bo‘ladi va Gamper kubogida ishtirok etadi.
Avvalroq, Frenki de Yong va Ronald Arauxo vitse-sardor bo‘lishlari haqida xabar berilgandi.
Fikrlar