
Roberto Manchini Italiya terma jamoasi boshqaruvida so‘nggi 16 yillikdagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Avval xabar berganimizdek Italiya terma jamoasi kecha Evro-2020 saralashi doirasida safarda Finlyandiyani 2:1 hisobida engdi.
E’tiborlisi, shu tariqa bosh murabbiy Roberto Manchinining Italiya terma jamoasidagi g‘alabali seriyasi 7 ta o‘yinga etdi. Bu esa 2003 yildan buyon qayd etilgan rekord hisoblanadi. O‘shanda bundan seriyani Jovanni Trapattoni qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, Italiya term jamoasi Evro-2020 saralashining o‘tgan barcha 6 ta o‘yinida g‘alaba qozondi va o‘zi joylashgan J guruhida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar