Robertson: "Terma jamoa sardori bo‘lish men uchun katta sharaf"
Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi Endryu Robertson Evropa chempionati guruh bosqichining birinchi turida Germaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida gapirdi
"Oilamiz va muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Myunxenga kelishdi. Terma jamoa sardori bo‘lish men uchun katta sharaf. Umid qilamanki, bo‘lajak o‘yinda jamoamiz yaxshi natijaga erishadi va bunga yordam beraman", - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi UEFA matbuot xizmati.
Bugun Myunxendagi "Alyans Arena"da Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tyurpenning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:00 da yangraydi.



Fikrlar