Rodri boshqa jamoaga oʻtadi: Bu klubga yoʻq deb boʻlmaydi!
“Manchester Siti” tarkibida oʻynayotgan “Oltin toʻp” sohibi Rodri Madriddning “Real” klubiga oʻtish ehtimolini istisno qilmasligini bildirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, dunyodagi eng kuchli klublar taklifini rad etish qiyin.
- Men ilgari “Atletiko”da oʻynaganim “Real”ga oʻtishimga toʻsqinlik qilmaydi. Eng yaxshi klublarga rad javobini berish qiyin.
“Santyago Bernabeu”da har doim oʻziga xos muhit boʻladi. Men La Ligaga qaytishni istardim, hali ham bu chempionatni kuzataman.
Premyer-liga ham menga yoqadi, u juda qiyin, ammo hozir men bu yerda baxtliman. “Manchester Siti” bilan shartnomam yana bir yil amal qiladi. Bir kun kelib oʻtirib transferni gaplashamiz, - dedi Rodri.
29 yoshli futbolchining transfer qiymati Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra 65 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar