Rodri, ketaman desang, yo‘ling ochiq!
Angliya Premier-ligasining eng qudratli klublaridan hisoblangan “Manchester Siti” Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrini o‘z tarkibida saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Topskills Sports UK nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Siti” rahbariyati futbolchiga “Real Madrid”ning qiziqishi tobora kuchayib borayotgan bir paytda u bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
2024 yili “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan tajribali futbolchi ayni paytda Pep Gvardiola jamoasida muhim figura bo‘lib qolmoqda. Ammo “Real” uni yozda “Bernabeu”ga olib kelish harakatlarini kuchaytirgan.
Rodrining o‘zi ham intervyularidan birida Madrid superklubiga ko‘chib o‘tish variantiga moyillik bildirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “shaharliklar” Rodrini qolishga ko‘ndirishga urinayotganiga qaramay, agar futbolchining o‘zi ketishni ixtiyor etsa, klub unga to‘sqinlik qilmaydi.
Manchesterliklar Rodri barcha vaziyatni inobatga olib, klubda qolishga qaror qiladi, deb hali ham umid qilmoqda.
Fikrlar