Rodri "Real"ga o'tish haqidagi gaplarga izoh berdi
"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Madriddning "Real" klubiga ehtimoliy o‘tishi haqida tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
Futbolchining so‘zlari avvalroq "qaymoqranglilar"ga o‘tishga ishora sifatida qabul qilingan edi. Biroq Rodri bu holatni rad etdi.
"Real"ga o‘tish? Men odamlar so‘zlarni kontekstdan uzib olib, 50 daqiqalik intervyuni o‘zlari xohlagancha talqin qilishlariga ko‘nikib ketganman. Ochigi, men bunday gaplarga endi e’tibor ham bermayman", – dedi Rodri jurnalistlar bilan suhbatda.
Ushbu fikrlar Ispaniya terma jamoasining Serbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan (3:0) so‘ng bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" klubi uzoq vaqtdan beri 29 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirib kelmoqda va so‘nggi vaqtlarda bu ma’lumotlar bir qator ishonchli manbalar tomonidan ham tasdiqlanmoqda.
Fikrlar