Rodri "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng hakamlarni tanqid qildi

  • 02.02.2026 15:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri APLning 24-turi doirasida Londonding "Tottenxem" (2:2) jamoasiga qarshi oʻyindan soʻng hakamlik ishlarini tanqid qildi.

Futbolchi Sky Sports nashriga bergan intervyusida hakamlar "shporlar"ning birinchi golini hisoblash orqali juda qoʻpol xatoga yoʻl qoʻyganini taʼkidladi. U Solanke Gexi bilan kurash vaqtida qoidabuzarlik qilganini va bunday holatda gol hisoblanmasligi kerakligini aytdi.

"Men odatda hakamlik haqida gapirishdan qochaman, chunki ularning ishiga hurmat bilan qarayman. Ammo soʻnggi paytlarda bizning oʻyinlarimizda hakamlar juda tez-tez xato qilyapti. Odamlar bizning gʻalabalarimizdan charchagan boʻlishi mumkin, lekin hakamlik har doim betaraf boʻlishi kerak. Bu adolatsizlik", — dedi Rodri.

Maʼlumot uchun, "shaharliklar" 47 ochko bilan turnir jadvalidа ikkinchi oʻrinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!