Rodrigo hech qaerga ketmaydi

  • 11.08.2024 17:27
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Rodrigo "Manchester Siti" qiziqishiga qaramay "Real"ni tark etishni istamayapti. Braziliyalik futbolchi Madridda baxtli va Anchelotti ishonchini his qilmoqda.

Avvalroq, braziliyalik futbolchi "Manchester Siti" nishonida ekanligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Biroq, "AS" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi ispan klubini tark etish haqida o‘ylashni ham istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, vingerning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!