
Rodrigo kelasi mavsumni qaerda boshlaydi?
“Real”ning universal hujumchisi Rodrigo Goes kelajagi bo‘yicha muhim qaror qabul qilishi kerak. Braziliyalik yulduzning Madriddagi faoliyati mavhum bo‘lib turibdi.
24 yoshli futbolchining o‘zi yangi bosh murabbiy Xabi Alonso uni suhbatga chaqirishini kutyapti. Rodrigo yangi ustoz bilan suhbatda murabbiylar shtabining o‘zi bo‘yicha rejasiga aniqlik kiritib olmoqchi.
Agar Xabi Alonso Rodrigoni qoniqtiradigan variantlarni o‘rtaga qo‘ymasa, futbolchi “Qirollik klubi”ni tark etadi.
Ayni paytda uning atrofidagi vaziyatni bir necha qudratli klublar kuzatib turibdi. Xususan, Angliya Premer-ligasi vakillaridan “Arsenal”, “Chelsi” va “Manchester Siti” Rodrigo uchun “Real” talab qiladigan summa – 100 million evroni to‘lashga tayyorligi aytilmoqda.
Fikrlar