
Rojer Federer: Tokioga faqat oltin medal uchun boraman
Shveytsariyalik Rojer Federer joriy yilning iyul oyida Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishini ma’lum qildi.
"Men Tokioga har tomonlama kuchli va ruhan tetik bo‘lib bormoqchiman. U erda shunchaki ishtirokchi bo‘lish niyatida emasman.
Tokio kortlaridan faqat oltin medal bilan qaytmoqchiman. Ko‘plab sovrinlarga ega chiqdim, lekin Olimpiadadagi oltin medal bilan o‘zgacha zavq beradi",-dedi Federer.
Fikrlar