Rojers Saudiya klubida ish boshladi

  • 17.12.2025 20:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Brendan Rojers Saudiya Arabistoni klubi "Al-Qodisiya"da ish boshladi. Murabbiy bilan jamoa 2028 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Rojersning bundan oldingi ish joyi "Seltik" edi. U 2023 yildan 2025 yil oktyabrgacha klubni boshqardi va ketma-ket ikki mavsum Shotlandiya chempionatini qo‘lga kiritdi. 

"Al-Qodisiya" ayni paytda Saudiya chempionatining 5-o‘rinidan joy olgan. Hobarliklar 9 ta turdan 5 tasida g‘alaba qozondi. Shu bilan birga, 2 ta mag‘lubiyat va 2 durang natija qayd etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!