
"Rolan Garros" o‘z vaqtida o‘tishi kutilmoqda
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining mutassadi rahbarlari musobaqani o‘z vaqtida o‘tkazmoqchi.
Bu yilgi "Rolan Garros" turniri 18 maydan 7 iyunga qadar o‘tkazilishi belgilangan.
"Birinchidan, grunt qoplamali kortlarda o‘tkaziluvchi musobaqalarning eng nufuzlisi boshlanishiga hali ancha vaqt bor. Ikkinchidan, Frantsiya tennis federatsiyasi koronavirus masalasida mamlakat hukumati qabul qiladigan qarorlarga bo‘ysunadi va amal qiladi", - deya xabar bermoqda musobaqa rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus infektsiyasi tarqalishi oqibatida Indian-Uells va Mayamidagi nufuzli "Masters" turnirilari, shuningdek, ATR va WTA tomonidan o‘tkaziladigan barcha musobaqalar oltin haftaga to‘xtatilgan edi.
Fikrlar