
"Roma" - "Budyo/Glimt": Uchrashuvni qanday tomosha qilish mumkin?
Evropa Konferentsiyalar ligasi 4-turi doirasida Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi o‘z maydonida "Budyo-Glimt"ni qabul qiladi.
Ushbu bellashuvni o‘zbekistonlik muxlislar "Sport TV" telekanali orqali tomosha qilishlari mumkin. Shuningdek, ushbu kanal MTRK ilovasida ham mavjud. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.
Ma’lumot uchun, tomonlarning dastlabki to‘qnashuvida norvegiyaliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar