
"Roma" - "Budyo-Glimt": Futbolchilarga qo‘yilgan ballar
Evropa Konferentsiyalar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Roma" - "Budyo-Glimt" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "Roma" 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Rim klubi tarkibida Zanolo xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Abraxam tomonidan kiritildi.
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi "SofaScore" nashri o‘yindan so‘ng futbolchilarni baholab chiqdi. Unga ko‘ra, "bo‘rilar" futbolchisi Zanolo eng yuqori 9.5 ballga loyiq ko‘rildi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bahsda zaxirada qoldirildi.
"Roma" - "Budyo-Glimt" 4:0 (5:2)
Fikrlar