"Roma" - "Sassuolo" uchrashuvida assistni amalga oshirgan Eldor Shomurodovga necha ball qo‘yildi? (Foto)

  • 13 sentabr, 2021, 10:13
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionati 3-turida "Roma" o‘z maydonida "Sassuolo"ni qabul qildi. Bellashuvda rimliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Tecno

Qiyin kechgan bahsda hamyurtimiz Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravi hisob 1:1 bo‘lib turganda zaxiradan uchrashuvga qo‘shildi va bu ikkisi o‘yin taqdirini hal qildi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqqiqalarda Shomurodovning pasidan so‘ng El-Shaaravi chiroyli tarzda darvozani ishg‘ol etib, jamoasiga muhim g‘alaba olib keldi.

Ushbu bahsdan so‘ng statistika bilan shug‘ullanuvchi dunyoga mashhur whoscored.com nashri futbolchilarning o‘yinini baholab chiqdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi 6.5 ballga loyiq ko‘rildi.

Bezymyannyy_25

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
13/09/2021 14:00
Ўша сайит тўҳтаниёз отани калбосаларини ебди шу 6,5 балига. Элдор камида 10 балдан 8-9 баллик ўйин кўрсатди. Унинг меҳнатлари беқиёс биз учун.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
13/09/2021 13:37
Abraham q... ni ham ish qilgani yo‘q Shomadan balandroq ball olibdi yoki transfer narxiga qarab qo‘yiladimi bu ballar