"Roma" 14 yillik antirekordini o‘rnatdi
"Roma" o‘z maydonida Chexiyaning "Viktoriya Plzen" klubiga kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi (1:2).
Rimliklar Evropa Ligasi uchrashuvining 22-daqiqasida ikkita to‘p o‘tkazib yubordi va bunga faqat Paulo Dibalaning ikkinchi bo‘limda penaltidan aniq zarbasi bilan javob qaytardi. "Opta" xabariga ko‘ra, "Roma" jamoani Vinchenso Montella boshqargan 2011 yil bahoridan beri birinchi marta barcha musobaqalarda ketma-ket uchta uy uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Jan Pero Gasperini jamoasida oddiy raqiblar bo‘lmagan: 18 oktyabr kuni "bo‘rilar" A Seriyada Milanning "Inter" klubiga 0:1 hisobida yutqazgan bo‘lsa, oy boshida xuddi shu hisobda Evropa Ligasida Frantsiyaning "Lill" jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar