"Roma" 34 yoshli Kolarovga yangi shartnoma taklif qilmoqda
Rimning “Roma” klubi mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanadigan himoyachi Aleksandr Kolarov bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “bo‘rilar” 34 yoshli serbiyalik futbolchiga “1+1” ko‘rinishida shartnoma taklif qilishmoqda. Biroq, Kolarovning maoshi o‘zgarmasdan qoladi, ya’ni yiliga 3 mln evro.
Bundan tashqari “Roma” rahbariyati Kolarovga faoliyatini yakunlagach klub tuzilmasida ish taklif qilishga ham tayyor.
Ma’lumot uchun, Kolarov joriy mavsum “Roma” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar