"Roma" afsonasi A Seriya klubini boshqarishi mumkin

Italiyalik mashhur yarim himoyachi Daniele De Rossiya yangi mavsumda "Fiorentina" boshqaruvini qabul qilib olishi mumkin.

Taniqli jurnalist va insayder Janluka Di Martsio "Roma"ning afsonaviy futbolchisi "Fiorentina" rahbariyatining short-listiga kiritilgani haqida xabar qilmoqda.

36 yoshli De Rossiya yanvar oyida futbolchilik faoliyatini "Boka Xuniors" klubida yakunlagan edi.

Joriy mavsumda "Fiorentina" Juzeppe Yakini boshchiligida A Seriya 29-turidan so‘ng turnir jadvalida 13-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!