"Roma" afsonasi Mourino, Konferentsiyalar ligasi, Dzanolo va Pellegrini haqida gapirdi

  • 27 aprel, 2022, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” afsonasi Franchesko Totti  jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Tecno

-Nima deb o‘ylaysiz? "Roma" Konferentsiyalar ligasi finaliga chiqa oladimi?

- Ha, deyarli bunga yaqinmiz, yana bir qadam qoldi. Umid qilamizki, muvaffaqiyatga erishamiz.

-Mourino “Roma” uchun to‘g‘ri tanlovmi?

- Mourinoni muhokama qilmoqchimisiz? (kuladi).

-Skudettoni kim yutadi?

- Menimcha, "Inter".

-Dzanologa qanday maslahat berasiz?

- Har doim aytganimdek, xotirjam va sabr bilan o‘sishda davom etishi kerak. Shunda hamma narsa o‘z-o‘zidan keladi.

-Pellegrini?

- Men doim uni bo‘lajak sardor deb aytganman. Shu bois u bu ishni o‘z zimmasiga olgani va odamlar uning kimligini anglab etganidan xursandman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!