"Roma" "Bavariya" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi

  • 9 iyul, 2023, 18:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avstriya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Marsel Zabittser faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli yarim himoyachi xizmatlariga "Roma" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Rim klubi futbolchini keyingi mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.

Zabittser o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted"da ijara asosida o‘ynagan edi. Yarim himoyachi mankunianliklar safida 18 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!