"Roma" chuchvarani hom sanabdi

  • 7 iyun, 2022, 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes L'Equipe nashriga bergan intervyusida Parij klubini tark etish niyati yo‘qligini aytdi.

“Keyingi mavsumni ham PSJda o‘tkazaman. Men shu erda qolaman", - dedi argentinalik futbolchi.

Bundan avvalroq, “Roma” 27 yoshli sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Paredes 2014-2017 yillarda “Roma” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!