
“Roma” futbolchisi jamoaga qachon qaytishini aytdi
“Roma” himoyachisi Leonardo Spinatstsola Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionatidagi o‘yinlardan birida og‘ir jarohat olgan edi.
Futbolchi jarohatidan qutilish uchun jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng, Leonardo qachon maydonga qaytishi haqida ma’lumot berdi.
- Meni yanvargacha futboldan uzoqda bo‘lishimni aytishmoqda. Lekin men ertaroq safga qaytaman. Tiklanish dasturim muddati quyidagicha: noyabrda mashg‘ulotlarni boshlayman va dekabrda futbol o‘ynayotgan bo‘laman, - dedi Leonardo Spinatstsoli.
Tajribali futbolchi o‘tgan mavsumda rimliklar safida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bir juft gol kiritdi.
Fikrlar