“Roma” futbolchisi o‘ziga boshqa terma jamoani tanladi

  • 25 dekabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” tarbiyalanuvchisi Benjamin Taxirovichni bosh murabbiy Joze Mourino asosiy tarkibga jalb eta boshladi.

Tabiiyki, bu holat o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgan terma jamoalar murabbiylar shtabi e’tiborini tortdi.

Taxirovichda ikki mamlakat – Shvetsiya hamda Bosniya va Gertsegovina fuqaroligi bor.

Yosh iste’dod egasi xalqaro maydonda Bosniya va Gertsegovina  sharafini himoya qilishni ma’qul topdi.

Taxirovich Shvetsiyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, ota-onasining kelib chiqishi bosniyalik ekani uning tanlovida muhim ahamiyat kasb etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!