Asosiy mazmunga oʻtish

"Roma" futbolchisiga Angliyaning uch badavlat klubidan chorlov bor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Grand klublarda o‘ynashga loyiq futbolchi

Italiyaning «Roma» jamoasida to‘p surayotgan yosh himoyachi Uesliga Angliya Premier-ligasining bir nechta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Football Insider nashri ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchi bilan «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Nyukasl» klublari qiziqmoqda. Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar»ni Ueslining asosiy afzalligi – uning universalligi o‘ziga jalb qilmoqda. U himoya chizig‘ining har ikki qanotida ham birdek o‘ynay oladi.

Shu bilan birga, «Roma» klubining moliyaviy talablari ehtimoliy transferni qiyinlashtirishi mumkin. Rimliklar himoyachini taxminan 60 million yevro atrofida baholamoqda.

Joriy mavsumda Uesli barcha musobaqalarni hisobga olgan holda sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Braziliyalik futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q