"Roma" hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 26.01.2025 10:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Roma" muhim hujumchilaridan biri hisoblangan Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirdi. 
 
Rimliklar argentinalik etakchi bilan 2026 yilgacha shartnomani uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. "Sky Sports Italiya" nashrining xabar berishicha, Evropa ligasi doirasida "AZ"ga qarshi bellashuvdan so‘ng shartnoma avtomatik ravish uzaytirilgan. Paulo keyingi mavsum uchun bonuslar bilan birga 8 million evro ishlab oladi. 

Ma’lumot o‘rnida, 31 yoshli futbolchi joriy mavsum 24 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!