“Roma”: Hujumchining xaridori aynib qoldi!

  • 03.04.2022 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol

Nikolo Dzanolo Italiya futbolining eng yorqin iste’dodlaridan hisoblanadi. Lekin joriy mavsumda uning ishlari ko‘ngildagidek emas.

22 yoshli hujumchi “Roma”da ayrim uchrashuvlarni juda yuqori saviyada o‘tkazgani uning xaridorlari ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, futbolchining manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar Rim klubi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvni qabul qilmayapti.

Asosiy xaridor sifatida “Yuventus” tilga olinmoqda. Turin klubi A Seriyada bo‘y ko‘rsatgan yosh yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olishga alohida e’tibor qaratadi. Bunga ularning Dushan Vlaxovichni “Fiorentina”dan transfer qiliganini misol sifatida keltirish mumkin.

Manbalarning ta’kidlashicha, Nikolo Dzanoloning jismoniy holati “Yuventus” mutasaddilarini bu transferdan yuz o‘girishiga sabab bo‘lmoqda. Keyingi paytda ikki marta jiddiy jarohat olgan futbolchi hozir ancha noziklashib qolgan.

084111_m

Dzanolo Rim derbisida “Latsio”ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yubordi. Italiya terma jamoasining Shimoliy Makedoniya bilan to‘qnashuvida ham ishtirok eta olmadi. Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsidagi harakatlari terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchinining g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Calciomercato.com sayti “Yuventus” o‘tgan yozda Dzanolo transferiga jiddiy qiziqqani lekin hozirda bu variantdan voz kechishga tayyorligini yozmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Nikolo Rim klubida qolishga qaror qilgan taqdirda ham yangi shartnoma bo‘yicha yillik maoshi hozir olayotgan 5 million evrodan kam bo‘ladi. Vaziyatni o‘nglashi uchun hujumkor futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘ta yuqori darajada o‘tkazishi talab etiladi.

Dzanolo joriy mavsumda jami 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va sakkizta golli pas uzatdi.

"Roma" uni qimmat baholadi

Shu o‘rinda, “Yuventus”ning Nikolo Dzanolodan yuz o‘girishiga sabab bo‘layotgan yana bir omil haqida aytish kerak. Rim klubi xo‘jayinlari hujumkor futbolchining jarohatlarga moyilligini inobatga olmasdan unga o‘ta qimmat narx qo‘ymoqda.

Rimning IL Tempo nashri poytaxt klubi asosiy yulduzlaridan birining narxini dastlab mo‘ljallangan 40-50 milliondan 80 million evrogacha ko‘targanini ma’lum qildi. Nikoloni transfer qilmoqchi bo‘lgan har qanday klub aynan shu summani “Roma” hisobiga o‘tkazishi talab etiladi.

“Bo‘rilar”ning nafsi Dzanoloning bozorini “o‘ldiradi”. Bugungi kunda Evropaning biror klubi Nikolo uchun bu qadar katta summani to‘lamaydi.

010324_m

Agent Veretudan yuz o‘girdi

Taniqli futbol agenti Mario Juffredi “Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretu bilan hamkorlikni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Calciomercato.it sayti.

- Aslida Jordan bilan hamkorlikni bir necha oy avval to‘xtatganman. Qandaydir izoh berishga majbur emasman. Ayrim masalalarga oydinlik kiritib olish kerak. Men har doim o‘yinchilar bilan aloqani belgilangan qoidalar asosida qurganman va o‘yinchilarni bu tartib haqida ogohlantirganman. Men bilan ishlaydiganlar qoidalarga amal qilishi kerak. Buni tan olmaganlar bilan men aloqani uzaman,  - dedi Mario Juffredi.

Ma’lumki, yaqinda Jordan Veretu rafiqasining kovid yuqtirganini bilib turib, uning tug‘ilgan kunini keng davrada nishonlab bergan. Uning bu qilig‘i futbol jamoatchiligi tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Ta’kidlash joizki, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino kelasi mavsum bu yarim himoyachiga ishonch bildirmasligini avvaldan ma’lum qilgan va klub mutasaddilari unga yangi jamoa qidirayotgan edi.

1583573791_1

Jordan Veretuga Angliya, Germaniya va Frantsiyaning bir necha klublaridan jiddiy qiziqish bo‘layotgani aytilgandi.

29 yoshli futbolchining poytaxtliklar bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Joriy mavsumda 39 ta uchrashuvda to‘rtta gol urib, to‘qqizta golli pas uzatgan yarim himoyachining transfer summasi 20 million evro atrofida baholanmoqda.

Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хужакулов Хуршидбек
03/04/2022 11:29
Элдор қани
Baxil Alihuja
03/04/2022 15:40
Бу уйинчилардан Элдор умуман кам эмас! Элдорда Факат тажовузкорлик йук, холос!