"Roma" hujumchisi Ispaniya klubidan bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor

  • 05.05.2025 16:01
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik "Roma"ni tark etib, La Ligaga qaytishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi o‘zining sobiq klubi "Jirona"ga qaytish ehtimoli bor. Agar jamoa La Ligada o‘z o‘rnini saqlab qolsa, 27 yoshli futbolchi bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirgan.

Hozirgi vaqtda "Jirona" 33 ta o‘yin natijasiga ko‘ra 35 ochko to‘plab, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Dovbik o‘tgan yilning avgust oyida Rim klubiga o‘tgan edi. Ukrainalik futbolchi Italiya klubi bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. "Transfermarkt" portali hujumchining transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!