“Roma” hujumchisiga superklub xaridor

  • 14 iyul, 2022, 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rimliklar hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanolo uchun kurashga qo‘shildi, deb xabar tarqatdi La Gazzetta dello Sport nashri.

Tecno

Ayni paytda manchesterliklar o‘yinchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. “Roma” bu o‘yinchini 50-60 million evroga baholagan.

Asosiy xaridor sifatida e’tirof etilgan “Yuventus” 23 yoshli o‘yinchini olish uchun bir necha taklif berdi va bariga rad javobini oldi.

Dzanoloning o‘zi kuchliroq klublardan biriga o‘tishni istayapti.

“Manchester Yunayted” turinliklardan farqli ravishda “Roma” Dzanolo uchun talab qilayotgan mablag‘ni to‘lashga qodir.

Dzanolo o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol va to‘qqista assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!