“Roma” hujumchisiga yana bir superklub da’vogar
“Roma” hujumchisi Nikola Dzanoloda faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
“Tottenxem” klubi 23 yoshli universal futbolchi uchun kurashga qo‘shildi. London klubi bir necha kundan beri futbolchining agentlari bilan muzokara olib borayotgani aytilmoqda.
Aslida Dzanologa asosiy da’vogar sifatida “yuventus” e’tirof etilgan edi. Biroq, turinliklar futbolchi uchun poytaxtliklar talab qilayotgan 50 million evroni to‘lashga tayyor emas. “Yuventus” narxni pasaytirish maqsadida bir necha o‘yinchisini olishni taklif qilganiga qaramay, bu variant “Roma”ni vakillarini qoniqtirmadi.
Nikolo Dzanolo “Roma” asosiy tarkibida 2018 yildan beri o‘ynamoqda. Iste’dodli futbolchi shu kunga qadar “bo‘rilar” uchun 11 marta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg‘ol qilgan.



Fikrlar