"Roma" ichki chempionatda Shomurodov bilan birga, ajoyib seriya qayd etmoqda

  • 20.04.2025 13:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Roma" Italiya A Seriyasining 33-turida "Verona"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. 
 
Shu tariqa rimliklarning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 17 ta o‘yinga etdi. Jamoa so‘nggi bor dekabr oyida "Komo"ga qarshi uchrashuvda (0:2) mag‘lub bo‘lgan edi.

Jamoa ushbu davr davomida "Milan", "Yuventus", "Latsio", "Bolonya", "Napoli" kabi kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushib, imkoniyatni boy bermagan. 
 
Eslatib o‘tish joiz, rimliklar navbatdagi uchrashuvini 26 aprel kuni Milanning "Inter" klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!