“Roma” chempion taklifini qabul qiladimi?

  • 11.06.2022 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish uchun “Roma”dan Nikolo Dzanoloni olmoqchi.

Aslida rimliklar hujumkor futbolchini 55-60 million evroga sotib yuborishga qarshi emas. Lekin milanliklar uchun bu summa qimmatlik qilyapti. Shu bois, A Seriya chempioni Joze Mourino ixtiyoriga futbolchilardan birini jo‘natishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Milan” vakillari “Roma”ga 22 yoshli yarim himoyachi Tommazo Pobegani olishni taklif qilyapti. Bu futbolchi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Torino” sharafini himoya qildi.

Pobega yakunlangan mavsumda 33 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol urishga erishdi. Italiya terma jamoasining bu o‘yinchisi 16 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!