“Roma” katta transferni e’lon qilmoqchi

  • 29 iyul, 2022, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, “Roma” va PSJ rahbariyati niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

31 yoshli futbolchi o‘ziga bir necha klublardan taklif kelganiga qaramay, Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepishni tanladi.

Manbaning ta’kidlashicha, transfer shanba kuni rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Kelishuvga ko‘ra, transfer bepul ijara sifatida rasmiylashtiriladi. Biroq, “Roma” Chempionlar ligasiga chiqsa yoki Veynaldum  mavsum davomidagi o‘yinlarning yarmida qatnashsa, kelasi yoz uni xarid  qilish majburiyatini oladi.

Agar ish shu taqlid ketsa, poytaxtliklar futbolchi bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma imzolaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!