
"Roma" Mxitaryan bilan kelishib oldi
“Roma” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, tomonlar amaldagi kelishuvni 2022 yilning yozigacha uzaytirishga kelishib olgan. 31 yoshli armanistonlik futbolchining amaldagi shartnomasi shu yilning yozigacha imzolangan.
Mxitaryan joriy mavsum Italiya A Seriyasida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar