
“Roma” o‘yinchisi endi kerakmas
Angliya premer-ligasining eng badavlat klubi hisoblangan “Nyukasl” bir necha hafta davomida “Roma” hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanolo transferi ustida ish olib bordi.
Angliya klubi mutasaddilari rimliklar bilan bog‘lanib, 23 yoshli futbolchining transfer ma’lumotlarini so‘ragan.
Biroq, italiyalik jurnalist Alfredo Peduli “qarg‘alar”ning qiziqishi rasmiy taklif darajasiga etib bormay so‘ngganini ma’lum qildi.
Nikolo Dzanoloning “Roma”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Klub rahbariyati yangi bitim bo‘yicha futbolchi talab qilayotgan maoshni berishga ko‘nmyapti.
O‘z navbatida, klub xo‘jayinlari iste’dodli universal o‘yinchining barqaror o‘yin ko‘rsata olmayotganidan xavotirda.
Fikrlar