“Roma” o‘yinchisi kelgan joyiga qaytadi
“Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretu sobiq jamoasi “Feorintina” qaytish haqida bosh qotirmoqda.
29 yoshli frantsiyalik futbolchiga Joze Mourino kelasi mavsum ishonch bildirmoqchi emas. O‘tgan chempionatda Veretu klubning ichki tartib qoidalarini buzganidan keyin murabbiylar shtabining ungi nisbatan munosabati o‘zgardi.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, florentsiyaliklar ham tajribali o‘yinchini ortga qaytirishni istayapti.
Veretuga Frantsiya chempionati grandlaridan “Lion” va “Marsel” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Lekin Jordanning o‘zi A Seriyada qolmoqchi. Shu bois, uning agentlari “Florentina” bilan uzoq muddatli shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.

Fikrlar