“Roma” oʻz hujumchisi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi

  • 21.01.2026 21:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning “Roma” klubi Yamayka terma jamoasi hujumchisi Leon Beyli bilan tuzilgan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga qaror qildi. Bu haqida A Seriya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Endi futbolchi 2021 yildan buyon shartnoma asosida o‘ynab kelayotgan “Aston Villa” jamoasiga qaytib boradi. Beylining rimliklarga ijara asosida o‘tgani o‘tgan yil avgust oyida ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, forvard A Seriyada o‘zini ko‘rsata olmadi. U chempionat doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki assist qayd etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!