“Roma” qiyin tanlov qarshisida
Bosniyalik hujumchi Eden Jekoning Rimdagi faoliyati jamoasining Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Agar “Roma” qit’aning eng nufuzli musobaqasiga chiqolmasa, iqtisodiy muammolarni bartaraf etish uchun yozgi transferlar vaqtida mohir to‘purarini sotishga majbur bo‘ladi.
2016 yildan buyon Rimda to‘p surayotgan Jeko o‘tgan yili jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Ayni paytda “Roma” A Seriyada beshinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar