“Roma” superklubning transfer taklifini rad etdi
Angliya premer-ligasi vakili “Tottenxem” rahbariyati “Roma”ga universal hujumchi Nikolo Dzanoloni so‘rab murojaat qilgandi.
Angliyaliklar Rim klubiga Nikolo uchun 25 million funt va himoyachi Jo Rodonni berishni taklif qildi.
Biroq, “Roma” rahbariyati bu taklifni qabul qilmadi. Ular o‘z futbolchisini 50 million evro beradigan jamoaga sotmoqchi.
Avvalroq, “Yuventus” ham bir necha marta Dzanol uchun turli summa va o‘z o‘yinchisini olishni taklif qilgan edi. Poytaxtliklar turinliklarning so‘rovini ham rad etgan.
Ayni paytda Nikolo Dzanolo “Roma”dan ketish fikrini o‘zgartirgani aytilmoqda. Joze Mourino jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirdi va kelasi mavsumdan yuqori maqsadlar uchun kurashmoqchi.

Fikrlar