
"Roma" yarim himoyachisi APLdan tushgan taklif sabab klubni tark etmoqchi
"Roma"ning frantsiyalik yarim himoyachisi Stiven Nzonzi yozda Italiyani tark etishi mumkin, deya xabar beradi Football Italia nashri.
Xabarda keltirilishcha, Nzonzi yana faoliyatini APLda davom ettirmoqchi. Unga "Arsenal" va "Vest Xem" klublaridan qiziqish bor. Unai Emeri ilgari "Sevilya"da Nzonzi bilan birgalikda faoliyat olib borgan va uni "Arsenal"ga taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Nzonzi ilgari ham APLda to‘p surgan. Xususan, u 2009-2012 yillarda "Blekbern Rovers" hamda 2012 - 2015 yilgi mavsumda esa "Stok Siti" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar