"Roma" yarim himoyachisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 09.09.2026 12:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» klubi Italiyanning «Roma» jamoasi va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Manu Konega qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda TEAMtalk.

Jurnalist Devid Ornshteyn ma'lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar 25 yoshli futbolchini tarkibni yaqin kelajakda kuchaytirish uchun ko‘rib chiqilayotgan nomzodlardan biri sifatida baholamoqda. Ayni paytda «Liverpool» qishki transfer oynasida Kone masalasiga yana qaytishi ehtimoli borligi ta'kidlanmoqda.

«O‘ylaymanki, u „Liverpool“ga ham yoqadi va klub uni kelajak uchun ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda», — deya ta'kidlagan Ornshteyn.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi yakunlanishi arafasida Kone «Chelsi»ga o‘tishga juda yaqin turgan edi. London klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, shuningdek, «Roma»ga 65 million yevro taklif qilgan. Biroq rimliklar bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan birini sotishga qarshi chiqqan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!