"Roma" yulduzi yozda jamoani tark etadi
Rimning "Roma" klubi futbolchisi Paulo Dibala jamoasini almashtirishi mumkin.
"La Gazetta Dello Sport" xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi mavsum yakunida "bo‘rilar" bilan xayrlashadi. Bunga sabab qilib, klub futbolchining tez-tez jarohat olishidan, shuningdek, bosh murabbiy Jan Pero Gasperini Dibala juda kam gollarda ishtirok etayotganidan norozi. Dibala rimliklar safiga 2022 yilda "Yuventus"dan kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi shu vaqt oralig‘ida klub bilan birorta ham sovrin yutmadi. Chunki poytaxt klubi qariyb 20 yildan buyon titul qo‘lga kiritgani yo‘q. Futbolchining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Shartnoma yakunlangach argentinalik futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda umumiy 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar