
“Roma” yulduzlik kasaliga chalingan Dzanoloni “sindirmoqchi”!
Italiyaning Gazzetta dello Sport, Leggo va IL Messaggero kabi etakchi nashrlari “Roma” rahbariyatining jamoa yulduzi Nikolo Dzanologa bo‘lgan munosabati salbiy tomonga keskin o‘zgarganini yozmoqda.
Klub rahbariyatiga o‘yinchining o‘zini tutishi va ommaviy axborot vositalariga turli mazmunda intervyu berayotgani yoqmayapti.
Endi mutasaddilari o‘yinchiga yangi shartnoma taklif qilmaydi va uni aytilgan summa to‘lanmaguncha boshqa klubga ham qo‘yib yubormaydi. Xususan, manbalar rahbariyati Dzanolo uchun talab qilinayotgan badal pulini 60 milliondan 80 million evroga ko‘targani haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Dzanoloning rimliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar