“Roma”da katta tozalash davom etadi va Shomurodovga ko‘p gol uradigan raqobatchi keladi!

  • 29 yanvar, 2022, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” qishda bosh murabbiy Joze Mourinoga kerak bo‘lmagan to‘rt nafar futbolchini boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Sport direktori Tyagu Pinto xatti-harakatlari bilar ispan futboli tarbiyalanuvchilari – hujumchi Borxa Mayoral va yarim himoyachi Gonsalo Vilyar “Xetafe”ga, amerikalik legioner Brayan Reynolds Belgiya chempionati vakili “Kortveyk”ga, himoyachi Rikkardo Kalafori “Jenoa”ga ijaraga jo‘natildi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, bu transferlar rimliklarga mavsumning ikkinchi qismi uchun jami 4,8 million evro maoshni tejash imkonini berdi. Bu tejamkorlik orqali “Roma” qishda ijaraga olingan Eynsli Meytlend-Nayls va Serjiu Oliveyraning maoshini to‘liq qoplashga etadigan pulga ega bo‘ldi.

picture--original

Ayni paytda poytaxtliklar yana bir necha futbolchilarning muddatidan avval klubni tark etishi evaziga 5,7 million evroni tejashni rejalashtirmoqda. Ketadigan navbatdagi guruhga Federiko Fatsio, Davide Santon, Amadu Diavara va Alessio Rikkardi kiritilgan

Klub sport direktori Tyagu Pinto hozir bu o‘yinchilarga yangi ish joyi topish borasida bosh qotirmoqda. Aytish joizki, Amadu Diavara, Davide Santon va Federiko Fatsioga aniq xaridorlar bor. Ko‘p narsa futbolchilarning roziligiga bog‘liq.

Joze Mourino tomonidan hatto birinchi jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilinmagan Federiko Fatsio taqdirga tan berdi va tezroq boshqa jamoaga o‘tishni o‘ylayapti. Hozircha, bu futbolchi A Seriya autsayderi “Salernitana” safiga qo‘shilishga yaqin turibdi.

Argentinalik himoyachi avval “Sevilya” va “Tottenxem”da to‘p tepgan. 2017 yildan 2020 yilga qadar “Roma”ning asosiy tarkib o‘yinchilari qatoriga kirardi. Biroq, o‘tgan mavsumda boshlang‘ich tarkibdagi joyini yo‘qotgan Fatsio Mourino kelganidan keyin jamoadan umuman chetlatildi.

Portugaliyalik bosh murabbiy ishonchi bildirmagan Davide Santon shartnomasi oxirigacha o‘ynamay maosh olishni ma’qul ko‘rmoqda. Zaxira maydonida yolg‘iz shug‘ullanib yurgan italiyalik himoyachiga Turkiya va Gretsiya jamoalaridan chorlov bo‘lyapti. Biroq, 31 yoshli o‘yinchi bu takliflarni qabul qilmadi. U yozda shartnomasini tugatib, erkin agent sifatida o‘ziga yangi ish joyi qidiradi.

Amadu Diavaraning masalasi ancha chigal. Gvineyalik tayanch yarim himoyachisiga ham xaridor ko‘p. Biroq, yarim himoyachi Afrika Millatlari kubogida ishtirok etish uchun Evropani tark etgani yangi klublar bilan muzokara olib borish ishlariga xalaqit bermoqda.

diawararoma

Qishki transferlar vaqti qisqaligini inobatga olib, Diavaraga qiziqish bildirgan “Venetsiya”, “Torino”, “Kalyari”, “Sampdoriya” va “Valensiya” kabi klublar e’tiborini boshqa o‘yinchilarga qaratishni ma’qul topdi.

Amadu Diavaraning o‘zi ham “Roma”dan ketishga shoshilmayapti. U asosiy tarkibga kirish uchun kurashib, Joze Mourino va murabbiylar shtabi vakillarini o‘z iqtidoriga ishontirishni mo‘ljallagan.  

Xo‘sh, “Roma”ga olinib kelinadigan o‘yinchilar bormi?

Hozircha, Joze Mourino orzusidagi ikki yarim himoyachini qo‘lga kiritib bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis jamoa hujumkorligini oshirishga e’tibor qaratmoqda. Tyagu Pintu bosh murabbiyga ikki hujumchi nomzodini tavsiya qilyapti.

Ulardan birinchisi ancha jiddiy nomzod. Angliyalik Stefi Mavididi joriy mavsumda “Monpele” etakchisi va to‘purari vazifasini ajoyib tarzda uddalamoqda. 23 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan.

“Arsenal” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Mavididi Eldor Shomurodov bilan bir xil pozitsiyada o‘ynaydi. U hujum markazida va chap qanotida samarali o‘ynay oladi, ikkinchi hujumchi vazifasini ham uddalaydi.

Katta iste’dod egasining transferini 9 million evroga hal qilish imkoni “Roma”ga qo‘shimcha umid beryapti.

90be8f6be11ea98469bc7cc036b13

Ikkinchi nomzod – Benjamin Sheshko 18 yosh bo‘lishiga qaramay, ancha yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etyapti. Sloveniyalik hujumchi Avstriyaning “Zaltsburg” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U milliy chempionat, mamlakat kubogi, Evropa Chempionlar ligasi saralashi va guruh bosqichida jami 24 marotaba maydonga tushib, ettita gol va oltita golli pas muallifi bo‘ldi.

Uning transfer summasi 8 million evroga baholangan.

Mourino talabiga ko‘ra, “Roma” hujumidagi raqobatni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan sport direktori Tyagu Pinto har ikki to‘purar agentlari va klublari bilan muzokara boshlashga tayyorlanmoqda.

Shomurodovga jiddiy qiziqqan klub “Manchester Yunayted” yulduzini oldi

“Roma” hujumchilariga maslahat!

Mourino Shomurodovni nega o‘yinga tushirmadi? Eldor zaxirada o‘tirgan palla Abraxam rekordlarni ura boshladi!

Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
30/01/2022 10:27
?????????????????
Sattorov Xayriddin
30/01/2022 10:27
Endi qaysi kulbga endi
Sattorov Xayriddin
30/01/2022 10:27
Wunday afsus romada uyini chiqmadi bolani
&
Абдурахмон лидер
27/01/2022 21:24
Eldor ketishi kerak. Bo'lmasa aftoriteti va formasi yoqolib boradi.